Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Bugun Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov nufuzli turnir saralashida o‘ynaydi

Bugun Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov nufuzli turnir saralashida o‘ynaydi

7-15 aprel kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida fisher shaxmati bo‘yicha “Freestyle Chess Grand Slam Tour” turnirining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu musobaqada dunyoning 12 nafar kuchli shaxmatchilari ishtirok etadi. Hozirgacha 11 shaxmatchi ma’lum bo‘lib ulgurgan. So‘nggi ishtirokchi bugun va ertaga nokaut tizimidagi musobaqada aniqlanadi. Unda 16 nafar xalqaro grossmeyster yagona yo‘llanma uchun bahslarga kirishadi.

Bugun Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov nufuzli turnir saralashida o‘ynaydi

Saralashning birinchi bosqichidan 4 nafar mahoratli grossmeyster - eronlik Muhammad Amin Tabatabai, vyetnamlik Nguyen Ngok, ozarbayjonlik Rauf Mamedov va hindistonlik Pranesh Muniretinam 9 imkoniyatdan 7,5 tadan ochko jamg‘arib, hal qiluvchi saralash bosqichiga yo‘l olishdi.

Ikkinchi hal qiluvchi saralash bosqichida 16 nafar xalqaro grossmeyster yagona yo‘llanma uchun kurashni davom ettiradi. Biz uchun ahamiyatlisi, ular orasida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham bor.

Qur’a natijasiga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov 1/8 finalda birinchi saralash bosqichi g‘olibi Pranesh Muniretinam (Hindiston) bilan hisob-kitob qiladi. Ushbu juftlik g‘olibi 1/4 finalda Ding Liren (Xitoy) - Vidit Gujrati (Hindiston) uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. Javohir Sindarov esa amerikalik Lenyer Domingesga qarshi dona suradi. Sindarov Dominges to‘sig‘idan o‘tgan taqdirda Levon Aronyan (AQSh) - Amin Tabatabayi (Eron) uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Nodirbek va Javohir o‘zaro 1/2 finalda uchrashishlari mumkin.

Bugun Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov nufuzli turnir saralashida o‘ynaydi

Ma’lumot uchun, “Freestyle Chess Grand Slam Tour Paris” turnirining mukofot jamg‘armasi 660 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. G‘olib shaxmatchi 200 000 dollarni qo‘lga kiritadi. Ikkinchi o‘rin sohibi 140 000, kuchli uchlikdan joy olgan shaxmatchi 100 000 dollarga ega bo‘ladi. Qolgan 12 ishtirokchi ham egallagan o‘rniga qarab mukofot pullari bilan taqdirlanadi.

Kiritildi: Bugun 12:44. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!