O‘zbekistondagi metan «zapravka»lar 8 mart kuni soat 10:00 dan faoliyat yurita boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Vazirlik xabarida bugungi kun uchun metan «zapravka»lar faoliyati vaqtiga cheklov belgilanmagan. Ya’ni kecha, 7 mart kuni mazkur shoxobchalar soat 10:00 dan 16:00 ga qadar ishlashi belgilangan edi. Farg‘ona vodiysida ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshirilishi qayd etilgandi.
Bugun esa shu cheklov vaqti aniq ko‘rsatilmadi, shuningdek, vodiy viloyatlaridagi «zapravka»larning ish vaqti ham gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshirilishi belgilandi.
Joriy yilning 6 mart kuni metan «zapravka»lar ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritishi e’lon qilindi. Energetika vazirligi magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash, bir me’yorga keltirish ishlari davom ettirilayotganini ma’lum qildi.