Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Bugun Mahfuza Bobotillayeva tavallud topgan kun

A A A
Bugun Mahfuza Bobotillayeva tavallud topgan kun

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mahfuza Bobotillayeva 1961 yili 16 oktyabrda Toshkentda tavallud topgan. Avvalgi Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1983 yildan buyon O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Aktrisa ijodi davomida “Ko‘ngil ko‘chalari”, “Shaytanat”, “Qirq tog‘oraning qirq nog‘orasi”, “Nahotki sen?”, “Xavfli burilish”, “Janob Hech kim”, “Bevalar”, “Zirapcha”, “Ko‘rgim keladi”, “96 soat” kabi filmlarda va ko‘plab spektakllarda o‘ziga xos rollarni ijro etgan. Bugun aktrisa 60 yoshni qarshi olmoqda.

Kinematografiya agentligi ustoz san’atkor Mahfuza Bobotillayevaning bugungi tavallud kuni bilan tabriklab, uzoq umr, sihat-salomatlik va ijodiy zafarlar tilaydi.

Kiritildi: 11:33 16.10.2021. O'qildi: 3761 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!