Budapesht markazida Vengriya maxsus xizmatlari sobiq ukrainalik diplomatni josuslikda gumonlanib qo‘lga oldi.
Qo‘lga olish paytidagi video Vengriya hukumati tomonidan Facebook’da rasman e’lon qilindi.
Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, erkak milliy xavfsizlikka tahdid deb topilgan va unga mamlakatga kirish hamda u yerda qolish taqiqlangan. Shaxsi aniqlangach, u mamlakatdan chiqarib yuborildi. Ilgari u Vengriyada diplomatik niqob ostida ishlagan, ammo keyinchalik rasmiy maqomini yo‘qotgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Xavfsizlik Xizmati Vengriya harbiy razvedkasiga aloqador bo‘lgan agentura tarmog‘i fosh etilgani haqida xabar bergan edi. Bunga javoban Budapesht Ukraina tomonini josuslikda aybladi va ikki nafar gumonlangan agentni mamlakatdan chiqarib yubordi.