Budanovning AQSh bilan aloqalari Ukrainaning tinchlik muzokaralariga ta’sir qilishi mumkin — The New York Times.
Kirill Budanov AQSh bilan uzoq yillik va mustahkam aloqalarga ega. Kuzatuvchilarning fikricha, bu holat Ukrainaning Tramp ma’muriyati bilan tinchlik muzokaralarida muhim rol o‘ynashi ehtimoli mavjud.
"Budanov AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) qo‘llab-quvvatlagan dastur doirasida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan. Bundan tashqari, u Ukraina sharqida yaralangach, Qo‘shma Shtatlarning Merilend shtatidagi Uolter Rid nomidagi Milliy harbiy-tibbiy markazda davolangan. Bu ukrainalik harbiy xizmatchi uchun kam uchraydigan holat hisoblanadi", deya yozmoqda nashr.