Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Bu yil Samarqand viloyat, tuman, shahar gazetalari necha nusxada chop etiladi?

Bu yil Samarqand viloyat, tuman, shahar gazetalari necha nusxada chop etiladi?

Zarafshon - 19 780 nusxa (2018 yilda 19 830 nusxa)

Samarkandskiy vestnik - 5 411 nusxa (2018 yilda 5 586 nusxa)

Ovozi Samarqand - 2 364 nusxa (2018 yilda 3 472 nusxa)

Samarqand (Samarqand shahar) - 1 951 nusxa (2018 yilda 7 678 nusxa)

Kattaqo‘rg‘on haqiqati (Kattaqo‘rg‘on tumani) - 4 320 nusxa (2018 yilda 5 103 nusxa)

Nurobod (Nurobod tumani) - 1 236 nusxa (2018 yilda 3 666 nusxa)

Kattaqo‘rg‘on tongi (Kattaqo‘rg‘on shahri) - 1 688 nusxa (2018 yilda 4 250 nusxa)

Qo‘shchinor (Toyloq tumani) - 2 055 nusxa (2018 yilda 6 200 nusxa)

Past Darg‘om haqiqati (Past Darg‘om tumani) - 2 110 nusxa (2018 yilda 4 262 nusxa)

Jomboy tongi (Jomboy tumani) - 2 115 nusxa (2018 yilda 3 456 nusxa)

Urgut sadosi (Urgut tumani) - 2 182 nusxa (2018 yilda 7000 nusxa)

Paxtakor ovozi (Narpay tumani) - 2 463 nusxa (2018 yilda 2 917 nusxa)

Payariq hayoti (Payariq tumani) - 2 828 nusxa (2018 yilda 4 900 nusxa)

Bulung‘ur hayoti (Bulung‘ur tumani) - 2 977 nusxa (2018 yilda 6 119 nusxa)

Ishtixon ovozi (Ishtixon tumani) - 3 266 nusxa (2018 yilda 6 400 nusxa)

Gulobod tongi (Samarqand tumani) - 3 773 nusxa (2018 yilda 5 440 nusxa)

Oqdaryo ovozi (Oqdaryo tumani) - 3 950 nusxa (2018 yilda 5 050 nusxa)

Istiqbol sari (Qo‘shrabot tumani) - 802 nusxa (2018 yilda 3 999 nusxa)

Paxtachi (Paxtachi tumani) - 542 nusxa (2018 yilda 1 870 nusxa)

Ma’lumotdan anglash mumkinki, 2019 yilda aksariyat tuman (shahar) gazetalarining ahvolini yaxshi deb bo‘lmaydi. Ayniqsa, Paxtachi va Qo‘shrabot tumanlari gazetalari taqdiri savol ostida turibdi. Chunki 1000 nusxadan kam chop etiladigan gazetaning iqtisodiy ahvoli yilning ikkinchi yarmiga borib og‘irlashadi. Xo‘sh, bu holatga gazeta muharrirlari nima deydi?

Paxtachi gazetasi muharriri M.Shukurov:

- Joylarda obuna davom etmoqda. Tumanimizdagi qator korxona-tashkilot, muassasalar, shuningdek, fuqarolarimiz bevosita tahririyatdan va Matbuot uyushmasi mas’uliyati cheklangan jamiyati tuman bo‘limi orqali gazetamizga obuna bo‘lmoqdalar. Fevral oyidan tirajimiz oshib qolar

Istiqbol sari gazetasi muharriri H.Mamarasulov:

- Gazetamizning adadi, moddiy texnik bazasi borasida muassis bilan gaplashdik. Zarur choralar belgilandi. Obuna jarayoni ham davom etmoqda. Vaziyat o‘nglanishidan umidvormiz.

Manba: zarnews.uz

Kiritildi: 06:58 06.01.2019. O'qildi: 4483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!