Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bu yil 400 kilometr sement qoplamali yo‘llar quriladi

Bu yil 400 kilometr sement qoplamali yo‘llar quriladi

Bu yil 400 kilometr sement qoplamali yo‘llar quriladi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda ma’lum bo‘ldi.

“Bu yil 7 ming kilometr umumiy foydalanishdagi yo‘l hamda 231 ta ko‘prikni qurish va ta’mirlash, 13 ming kilometr tuproq ko‘chalarga shag‘al yotqizish, 400 kilometr sement qoplamali yo‘llar qurish, magistrallar bo‘yida 72 ta servis majmuasi tashkil etish rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.

Taqdimotda aytilishiga ko‘ra, Termiz Denov hamda Sirdaryo – Baxt oralig‘idagi yo‘llar xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari evaziga sement-beton qoplamali qilib quriladi.

Prezident mutasaddilarga yo‘llarni sifatli saqlash va yo‘l bo‘ylarida infratuzilmani rivojlantirib, aholiga qulayliklar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Kiritildi: 21:46 13.05.2025. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!