Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putin Zelenskiy bilan uchrashishga jur’at eta olmaydi

Putin Zelenskiy bilan uchrashishga jur’at eta olmaydi

Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Rossiyaning Turkiyada Ukraina bilan tinchlik muzokaralaridan manfaatdor ekanligiga ishonmaydi.

"Ular Ukrainani bombardimon qilishni davom ettirmoqda. Agar tinchlikdan manfaatdor bo‘lganlarida, buni darhol to‘xtatishlari mumkin edi," - dedi Kallas.

U Ukraina "shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatish"ga rozi bo‘lganiga ikki oydan oshganini eslatdi. "Rossiya aniq o‘yin o‘ynamoqda, vaqt ular tomonida bo‘lishiga umid qilib, vaqtdan yutishga urinmoqda. Biz ularning tomonidan hech qanday ijobiy harakatlar yoki yaxshi belgilarni ko‘rmayapmiz," - dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.

Kallas Ukraina va Rossiya prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putinning ehtimoliy uchrashuvi haqida so‘zlar ekan, ularning haqiqatan ham muzokaralar stoliga o‘tirishlari "yaxshi qadam" bo‘lishini ta’kidladi. "Ammo men Putin bunga jur’at etadi deb o‘ylamayman," deya qo‘shimcha qildi u.

15 may kuni Istanbulda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlash taklifini Putinning o‘zi ilgari surdi. Bu Ukraina tomonidan Yevropa Ittifoqi davlatlari va AQSh yordamida taklif etilgan 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga muqobil variant edi. Zelenskiy bunga javoban Turkiyaga faqat Rossiya rahbari bilan shaxsan uchrashish uchungina borishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 23:47 13.05.2025. O'qildi: 863 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!