Rossiyaga qaytishni istayotgan G‘arb kompaniyalarining har biri haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak. Kecha biz haqimizda yomon gapirib, Ukrainaga moddiy yordam berganlar bugun bizdan uzr so‘rashi mumkin. Lekin buning o‘zi yetarli emas, dedi Rossiya prezidenti “Ishbilarmon Rossiya” jamoat tashkiloti vakillari bilan uchrashuvda.
Xulosa qilib aytganda, yaxshilab o‘ylab ko‘rib, biz uchun foydali bo‘lgan kompaniyalarni qaytarishimiz kerak. Boshqalarni qaytarmaslik uchun ming bir sabab o‘ylab topish mumkin, dedi Putin.
Lekin shu bilan birga, Rossiyadan ketishni istamagan, G‘arb bosimi ostida majburan bozorni tark etgan kompaniyalarga nisbatan odamgarchilik bilan munosabatda bo‘lishni ham unutmaslik kerak, dedi prezident.