Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bu suhbat jurnalistika va siyosat tarixiga kiradi — Kiselyov

Bu suhbat jurnalistika va siyosat tarixiga kiradi — Kiselyov

“Rossiya Segodnya” media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselyov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusi jurnalistika va siyosat tarixida qolishini aytdi.

Karlson Moskva vaqti bilan juma kuni kechqurun o‘z veb-saytida Putin bilan suhbatni e’lon qildi, so‘ng uni X ijtimoiy tarmog‘i va Youtubeda joylashtirdi. Taxminan 11 soat ichida intervyuni ko‘rishlar soni Tvitterda 90 milliondan, Youtubeda esa 3,8 milliondan oshdi. Intervyu Kreml saytida ham chop etilgan.

“Albatta, bu intervyu tarixiy hodisa, albatta u jurnalistika va siyosat tarixida qoladi”, - dedi Kiselyov.

Ushbu intervyuni Kiselyov "fuqarolik jasorati" deb atadi, chunki Amerika va G‘arb jamiyatida ayni damda jurnalist Taker Karlsonga nisbatan qo‘zg‘atilayotgan nafrat darajasini baholab bo‘lmaydi.

“Intervyu oldidan qilingan chaqiriqlarga qaraganda, YEI jurnalistga qarshi sanksiyalar haqida gapira boshladi, AQShda esa uni “foydali ahmoq” deb atashdi (Xillari Klinton), Karlsonning ushbu jasoratli harakatini kechirishmaydi. Ko‘ramiz, G‘arbning javobi qanday bo‘ladi. Umid qilamanki, unda qarg‘ishlardan boshqa narsa ham bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi Kiselyov.

“Rossiya Segodnya” media-guruhi bosh direktori Karlson hech narsaga qaramay o‘z ishini professional darajada bajarganini va AQSh manfaatlaridan kelib chiqib ish tutishi bilan o‘zini haqiqiy amerikalik ekanligini isbotlaganini ta’kidladi.

"U amerikaliklarga AQSh rasmiylarining amerikalik soliq to‘lovchilarning pullarini Rossiya bilan urushga sarflash haqidagi qarorlari ahmoqligini tushunarli tarzda ko‘rsatishga harakat qildi. Putin intervyuda aytganidek, amerikaliklar pragmatik odamlar", - dedi Kiselyov.

Uning ta’kidlashicha, jurnalist, garchi bu uning uchun oson bo‘lmasa-da, Rossiya prezidentining fikrlarini diqqat bilan kuzatib borgan. Odatda "amerika teleko‘rsatuvlarida soddalashtirilgan iboralardan foydalaniladi, ammo Putinning nutqi Amerika sirki uchun juda murakkab edi".

Kiselyovning ta’kidlashicha, Karlson Putin taklif qilgan suhbat uslubini hurmat bilan qabul qilgan va o‘zini juda xotirjam va professional tutgan. Chunki jurnalistning maqsadi o‘zini ko‘rsatish emas, balki suhbatdoshni to‘g‘ri ko‘rsatishdir. Putin bunday suhbat Amerika auditoriyasi uchun ortiqcha yuk bo‘lishini bilar edi, lekin prezident ular darajasiga tushmadi, aksincha, u suhbatni yanada murakkabroq darajaga ko‘tardi.

"Karlson xushmuomala edi, bu juda yaxshi, hammasi ortiqcha shov-shuvsiz o‘tdi. Bu esa jurnalist va Putin o‘rtasida o‘zaro tushunish shakllanganini anglatadi. Bunga ularning ikkalasi ham hissa qo‘shishdi", - dedi Kiselyov.

“Prezident har doimgidek, boshqa intervyularda, matbuot anjumanlari, maqolalar va dunyo yetakchilari bilan suhbatlarda o‘z tushunchasini, Rossiya pozisiyasini tushuntirishga harakat qildi. Lekin bu safar u o‘z nutqini soddalashtirishga, yengillashtirishga urinmadi. Chunki uning so‘zlari aslida siyosatchilarga emas Amerika va Yevropalik intellektuallarga qaratilgan. Bayden, Shols va Makronlar buni anglashga qodir emas.

Kiritildi: 18:54 09.02.2024. O'qildi: 863 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!