Sanksiyalar tarkibiga qurol yetkazib berishni to‘xtatish, harbiy hamkorlini yakunlash, sud orqali javobgarlikni kuchaytirish, shuningdek, Isroil kompaniyalarga nisbatan iqtosodiy cheklovlar joriy etish kabi bandlar kiradi.
Kolumbiya poytaxti Bogotada o‘tkazilgan sammitda bir guruh davlatlar Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rishga kelishib oldi. Mamlakat rahbarlari xalqaro huquqning buzilishi holatlariga qarshi jiddiy munosabat bildirmoqda.
Uchrashuv 16 iyul, chorshanba kuni yakunlangan. Unda 30 ga yaqin davlat – jumladan Turkiya, Kolumbiya, Janubiy Afrika, Malayziya, Iroq, Kuba, Indoneziya va boshqalar ishtirok etdi. Biroq faqat 12 davlat yakuniy bayonotni imzoladi. Bu hujjatda Isroilga qarshi quyidagi aniq oltita chora nazarda tutilgan:
Bu qarorlar, ayniqsa, Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro tashabbusi bilan chaqirilgan sammit doirasida ilgari surildi. Ishtirokchilar bu sanksiyalarni Isroilning xalqaro qonunlarni buzgan harakatlariga javoban adolatli chora sifatida baholamoqda.
Uchrashuvni kim tashkil qildi?
Bu uchrashuv 2025 yil yanvarda tashkil etilgan «Haaga guruhi» tomonidan uyushtirildi. Guruhning maqsadi — Isroilning Falastin hududlarini bosib olishini to‘xtatish uchun Janubiy yarimshardagi davlatlarni birlashtirish.
Guruh nomi Haagadagi Xalqaro jinoyat sudiga hurmat sifatida qo‘yilgan. Aynan shu sud Isroildan G‘azodan va G‘arbiy Sohildan qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilgan edi. Guruhning ijrochi kotibi Varsha Gandikuta-Nellutla shunday dedi: «Bugun biz jazosizlik davrini tugatyapmiz. Endi birgalikda harakat qilish vaqti keldi».
«Haaga guruhi» haqida
«Gaaga guruhi» — bu 2024–2025 yillarda shakllangan xalqaro tashabbus bo‘lib, uning asosiy maqsadi Isroilning G‘azo sektorida amalga oshirgan harbiy harakatlari va inson huquqlari buzilishlariga huquqiy javobgarlik choralarini ko‘rishdan iborat. Guruh o‘z nomini Niderlandiyaning Haaga shahrida joylashgan Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan olgan bo‘lib, aynan shu sud orqali Isroil rasmiylariga nisbatan jinoiy ish ochish va urush jinoyatlari bo‘yicha tergovlar olib borishni talab qilmoqda.
«Gaaga guruhi» Kolumbiya, Janubiy Afrika, Boliviya, Kuba, Nikaragua, Malayziya, Eron, Turkiya, Bangladesh kabi davlatlar tashabbusi bilan shakllangan bo‘lib, bu mamlakatlar Isroilning G‘azodagi harakatlarini xalqaro huquq, xususan insoniyatga qarshi jinoyatlar doirasida ko‘rib chiqilishini istamoqda. Ushbu davlatlar Isroilga nisbatan qurol embargosi joriy etish, harbiy harakatlarga aloqador amaldorlar va korporasiyalarni jazolash, iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash, shuningdek, Falastin aholisining xalqaro darajadagi huquqiy himoyasini ta’minlash tarafdori bo‘lib chiqdi.
Guruhning eng faol a’zolaridan biri bo‘lgan Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro bu tashabbusni «xalqaro adolat sari tarixiy qadam» deb baholagan. 2025 yil boshlarida guruh Isroil amaldorlariga qarshi Xalqaro jinoiy sudga dalillar to‘plamini topshirdi. Shuningdek, ular Falastinda ro‘y berayotgan harbiy harakatlarni hujjatlashtirish va jinoyatlar to‘g‘risida xalqaro tergov boshlanishi uchun diplomatik va huquqiy bosimni kuchaytirishga harakat qilmoqda.
Guruh tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar xalqaro hamjamiyatda qarama-qarshi baholandi. Inson huquqlari tashkilotlari bu harakatni olqishlab, u orqali xalqaro huquq ustuvorligi tiklanishiga umid bildirishgan. Biroq AQSh va ayrim Yevropa davlatlari bu tashabbusni biryoqlama yondashuv, hatto siyosiy motivatsiyalangan harakat sifatida tanqid qilgan. Isroil hukumati esa bu da’volarni asossiz deb atagan va guruhni «qoralovchilar koalisiyasi» sifatida talqin qilgan.
Shuningdek, davlatlar Isroilning G‘azodagi harakatlariga aloqador kompaniyalar va amaldorlarga qarshi qonuniy choralar ko‘rish masalasini ham muhokama qilishdi.
Falastinning BMTdagi vakili Riyoz Mansur bu tashabbusni olqishlab, uni «ma’naviy yutuq», deb atadi.
Biroq, tanqidchilar sammitning samaradorligiga shubha bildirmoqda. Ularning fikricha, ishtirokchi davlatlarning ta’siri Isroilning asosiy ittifoqchisi bo‘lgan AQSh bilan taqqoslaganda ancha past. Shu bilan birga, Isroil (Tel Aviv) bu tashabbusga hozircha hech qanday munosabat bildirmadi.
Shunga qaramay, sammit ishtirokchilari sentyabr oyida bo‘ladigan BMT Bosh Assambleyasigacha boshqa davlatlar ham bu paktga qo‘shilishiga umid qilishmoqda.
Konferensiyani boshlagan Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro yakunda shunday dedi:
«Biz Bogotaga tarix yaratish uchun to‘plandik. Va buni amalga oshirdik».