Litva armiyasi qo‘mondoniga ko‘ra, Litvada Bundesver kuchlarining joylashtirilishi Rossiya Federasiyasi uchun ogohlantirish bo‘ladi.
"Nafaqat o‘zlari, balki oilalari bilan Litvaga keladigan nemis harbiylarining ahamiyati katta", – deya fikr bildirdi Litva qurolli kuchlari qo‘mondoni general Raymundas Vayksnoras.
Vayksnorasning fikricha, Bundesver kuchlarining Litvada joylashuvi NATOning sharqiy qanotini himoya qilishga tayyorlikni namoyon etadi va Rossiyaga kuchli signal bo‘ladi.
Vayksnoras, shuningdek, Vladimir Putinni "tabiatan zo‘ravon" deb atab, uning vaziyatni faqat kuch nuqtai nazaridan tushunishini ta’kidlaydi.
"Rossiya bilan muzokaralar olib borish yoki kelishuv va tinch yo‘l topish istagimiz hech qachon amalga oshmagan. Biz yanada faolroq va qat’iyatli bo‘lishimiz lozim", – deya ta’kidlaydi litvalik harbiy.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Germaniya va Litva mudofaa vazirlari Boris Pistorius va Laurinas Kashyunas bundesver brigadasini Litvada doimiy joylashtirish to‘g‘risida kelishuv imzolaganlar. Brigadani joylashtirish jarayoni 2025 yilda boshlanadi.