Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Bu na demokratik, na Polshaga do‘stona munosabatdagi davlat"

"Bu na demokratik, na Polshaga do‘stona munosabatdagi davlat"

Polsha o‘z fuqarolarini zudlik bilan Belarus hududini tark etishga chaqirdi

"Bu na demokratik, na Polshaga do‘stona munosabatdagi davlat. Ushbu ogohlantirishlarga imkon qadar jiddiy yondashingizni so‘raymiz. Agar vaziyat yomonlashsa, evakuasiya ancha murakkablashishi yoki umuman imkonsiz bo‘lib qolishi mumkin", — dedi Polsha Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Pavel Vronskiy.

Mazkur bayonot polshalik shaxs josuslikda gumon qilinib qo‘lga olinganidan keyin e’lon qilindi. Belarus huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotiga ko‘ra, u "G‘arb-2025" Belarus-Rossiya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari haqida ma’lumot to‘plaganlikda gumon qilinmoqda.

Avvalroq Polsha TIV fuqarolarga Belarusga bormaslikni tavsiya qilgan edi, chunki ular ushbu mamlakatda o‘z manfaatlariga zid hodisalarga duch kelishlari ehtimoli borligi haqida ogohlantirilgan.

Kiritildi: 22:19 06.09.2025. O'qildi: 1257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!