Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy matbuot xizmati vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Rossiya bilan ziddiyat kuchaygan taqdirda AQSh Boltiqbo‘yi davlatlari va Polshaga yordam beradimi, degan savolga "Ha, men shunday qilaman", dedi.
2025 yil 10 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukraina g‘arbiga keng ko‘lamli hujumi chog‘ida Rossiyaning o‘nlab uchuvchisiz uchoqlari Polsha havo hududini buzdi. Harbiylarning xabar berishicha, tahdid solayotgan uchuvchisiz samolyotlar urib tushirilgan, ularning vayronalari chegara hududlarida topilgan. Qurbonlar yo‘q. Polsha bosh vaziri Donald Tuskning ma’lum qilishicha, 9 sentyabrdan 10 sentyabrga o‘tar kechasi mamlakat havo hududining 19 ta buzilishi qayd etilgan. Hodisadan so‘ng NATO Polsha iltimosiga ko‘ra Shimoliy Atlantika shartnomasining 4-moddasiga asoslanib, ittifoq a’zolari o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazishga kirishdi.
Keyinroq, 19 sentyabr kuni Rossiyaning uchta MiG-31 to‘xtatuvchisi Estoniya chegarasini buzib, mamlakat havo hududida 12 daqiqa vaqt o‘tkazgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Parvoz Boltiq dengizidagi Polshaning Petrobaltic neft platformasi ustidan uchib o‘tgani xabar qilingandi.