Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Bu haftada harorat qanday bo‘ladi?

Bu haftada harorat qanday bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi 2-5 sentyabr uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi:

QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 sentyabrda 12-17, 5 sentyabrda 8-13, kunduzi 2 sentyabrda 25-30 daraja issiq, 3-5 sentyabrda esa 20-25 darajagacha pasayadi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5 sentyabrda 12-17, 3-4 sentyabrda 15-20, kunduzi 2-3 sentyabrda 28-33 daraja issiq bo‘ladi. 4-5 sentyabrda 23-28 darajagacha pasayadi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5 sentyabrda 12-17, 3-4 sentyabrda 15-20, kunduzi 2-3 sentyabrda 27-32, 4-5 sentyabrda 23-28 bo‘ladi.

QASHQADARYo VA SURXONDARYo VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 sentyabrda 13-18, 3-5 sentyabrda 15-20, kunduzi 2-3 sentyabrda 30-35, 4-5 sentyabrda 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, 2 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi, 3-5 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-3 sentyabrda 13-18, 4-5 sentyabrda 15-20, kunduzi 2-3 sentyabrda 25-30, 4-5 sentyabrda 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgarib turadi, 2-3 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 sentyabrda 10-15, 3-5 sentyabrda 8-13, kunduzi 2-3 sentyabrda 17-22, 4-5 sentyabrda 15-20 daraja issiq bo‘ladi.

Kiritildi: 06:15 02.09.2019. O'qildi: 2511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!