Tramp 90 kun ichida 90 ta savdo bitimi tuzmoqchi — Reuters.
"Bu vazifani AQSh moliya vaziri Skott Bescent, savdo bo‘yicha vakil Jeymison Grir va savdo vaziri Govard Lyutnik bajara olishi mumkin, biroq Donald Tramp “asosiy muzokarachi” bo‘ladi, chunki uning puxta o‘rganishisiz hech narsa amalga oshirilmaydi", — deya ta’kidladi AQSh prezidentining savdo bo‘yicha maslahatchisi Piter Navarro.
Evroittifoqning savdo bo‘yicha komissari Marosh Shefchovich 14 aprel kuni boj tariflari yuzasidan muzokaralar o‘tkazish uchun Vashingtonga boradi. Biroq Reuters'ning qayd etishicha, aynan shu kuni AQSh moliya vaziri Bessent Argentinadagi iqtisodiy islohotlarga qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatish uchun Buenos-Ayresda bo‘ladi. Agentlikning yozishicha, AQSh prezidentining ma’muriyati bunchalik ko‘p muzokaralarni bir vaqtda olib borishga qodirligiga ekspertlar shubha bilan qaramoqda.
Qo‘shma Shtatlarning sobiq savdo muzokarachisi Vendi Katlerning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati uchun moliyaviy bozorlarni qoniqtiradigan kelishuvlarga erishish “ulkan vazifa” hisoblanadi. Katlerning fikricha, Tramp jamoasi asosiy mamlakatlar bilan muzokaralarda ustuvorlik berishga va boshqa davlatlar uchun 90 kunlik pauzani uzaytirishga majbur bo‘lishi ehtimoli bor.