"Ukraina bu sohada YEI bilan hamkorlikni davom ettirishi mumkin va, albatta, biz bundan mamnun bo‘lamiz", — deya fikr bildirdi Evrokomissiya vakili Lea Suber.
Uning eslatishicha, Yevropa Ittifoqi va Ukraina muhim qazilma resurslar bo‘yicha hamkorlar bo‘lib, bu 2021 yildagi o‘zaro anglashuv memorandumida belgilangan.
"Kiyevning Vashington bilan kelishuvi o‘zaro anglashuv memorandumiga ta’sir qilmaydi. Biz kelishuvda Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayoni va YEI qonunchilik hujjatlari hisobga olinganini olqishlaymiz. Bu, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega", — deya ta’kidladi Yevrokomissiya matbuot xizmati rahbari Paula Pinyo.