Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Bryansk viloyatida uch kunlik motam e’lon qilindi

Bryansk viloyatida uch kunlik motam e’lon qilindi

Bryansk viloyatida Klimovo-Moskva yo‘nalishidagi poyezd halokati qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilindi.

Bryansk viloyatida Vigon tumani hududida yuz bergan fojia munosabati bilan 2-iyundan 4-iyungacha uch kunlik motam e’lon qilindi. Mos ravishda Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz bu haqda farmon imzoladi.

U halok bo‘lganlarning yaqinlariga va oilalariga chuqur hamdardlik bildirdi. Motam kunlarida butun Bryansk viloyati hududida Rossiya Federasiyasi davlat bayrog‘i, Bryansk viloyati bayrog‘i hamda mahalliy hokimiyatlar bayroqlari tushirib qo‘yiladi.

Bryansk viloyatida joylashgan madaniyat muassasalari hamda tele- va radiokompaniyalar ushbu kunlarda barcha madaniy-ommaviy tadbirlar va ko‘ngilochar dasturlarni, shu jumladan tele va radioyeshittirishlarni to‘xtatadi.

Fojia 31-maydan 1-iyunga o‘tar kechasi Vigon tumanida yuz berdi. Avtomobil yo‘l ko‘prigi Klyimovo–Moskva yo‘nalishidagi 86-sonli yo‘lovchi poyezdi ustiga qulab tushdi. Lokomotiv va bir nechta vagon relsdan chiqib ketdi.

Keyinchalik Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz bu hodisa Ukraina terrorchilari tomonidan ko‘prik portlatilgani natijasida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan. Viloyatdagi kasalxonalarda 44 nafar jabrlangan davolanmoqda, yana 27 nafari kerakli tibbiy yordamni olib, stasionar davolanishga muhtoj emasligi aniqlangan.

Uch nafar jabrlanuvchining ahvoli og‘ir: ulardan ikkitasi Moskva viloyatidan bo‘lib, qarindoshlarini ziyorat qilgani kelgan erkaklar, yana biri besh oylik chaqaloq. Uning 7 yoshli akasi qo‘lidan jarohat olib, singan.

Og‘ir ahvoldagi barcha jabrlanuvchilar, shuningdek barcha jabrlangan bolalar tez yordamning maxsus jihozlangan avtomobillari orqali Moskvaga davolanish uchun olib ketiladi.

Kiritildi: 15:39 01.06.2025. O'qildi: 1171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!