Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

British Council Rossiyada “nomaqbul tashkilot” deb e’lon qilindi

British Council Rossiyada “nomaqbul tashkilot” deb e’lon qilindi

Rossiya Bosh prokuraturasi bayonotiga ko‘ra, British Council (“Britaniya Kengashi”) “ta’lim va madaniyat sohalaridagi faoliyati, turli ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilishi hamda ingliz tilini o‘qitish niqobi ostida” Buyuk Britaniyaning uzoq muddatli manfaatlari va qadriyatlarini ta’lim, madaniyat hamda yoshlarga oid siyosat yo‘nalishlarida targ‘ib qilib kelgan.

Bundan tashqari, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) “Britaniya Kengashi”ni Donbassdagi Rossiya harbiylari haqida ma’lumot to‘plashda aybladi.

"Rossiya Qurolli Kuchlarining Ukrainadagi harbiy operasiyasi boshlanganidan keyin “Britaniya Kengashi”ning faoliyati ochiqdan-ochiq davlatga qarshi xarakterga ega bo‘la boshladi. “Britaniya Kengashi” ukrainalik qochqinlar orqali, ularning Ukraina hududidagi qarindoshlari va yaqinlaridan foydalanib, yangi hududlardagi vaziyat, Rossiya qo‘shinlarining joylashuvi va boshqa razvedka ma’lumotlarini yig‘ish ishlarini tashkil qilgan", deyiladi FSB bayonotida

British Council (“Britaniya Kengashi”) — Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga bo‘ysunuvchi jamoatchilik tashkilotidir. Ushbu tashkilot ingliz tilini o‘qitishni (xususan, IELTS imtihonlarini tashkil qilishni) qo‘llab-quvvatlaydi, xalqaro ta’lim dasturlarini moliyalashtiradi va Britaniya bilan boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantiradi.

Tashkilot rasmiy saytiga ko‘ra, “Britaniya Kengashi” 200 dan ortiq mamlakat va hududlarda faoliyat yuritadi hamda 100 dan ortiq davlatda ofislarga ega.

Kiritildi: 16:26 05.06.2025. O'qildi: 512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!