British Airways Qo‘shma Shtatlar, Isroil va Eron o‘rtasidagi davom etayotgan harbiy harakatlar bilan bog‘liq xavfsizlik tahdidlari tufayli Yaqin Sharqqa parvozlarni vaqtincha qisqartirishini e’lon qildi.
Bu haqda aviakompaniya bayonotida e’lon qilindi.
Ummon, Bahrayn, Doha, Dubay va Tel-Avivga va undan barcha reyslar shu oy oxirigacha bekor qilindi, Abu-Dabiga va undan reyslar esa yil oxirigacha to‘xtatildi.
Ummonda joylashgan Maskatdan London Xitrou aeroportiga repatriasiya reyslari talabning kamayishi sababli 12 martdan keyin to‘xtatiladi.