Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Britaniyaliklarning chorak qismi qashshoqlikda yashaydi

Britaniyaliklarning chorak qismi qashshoqlikda yashaydi

Britaniya Ijtimoiy ko‘rsatkichlar komissiyasi (SMC) hisobotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada bolalarning uchdan bir qismi va kattalarning to‘rtdan biri qashshoqlik chegarasidan pastda yashaydi.

Hujjat mualliflari mamlakatda qashshoqlik darajasi XXI asrda rekord darajaga yetganini qayd etdi. 2019 yildan boshlab yashash narxining oshishi vaziyatni yomonlashtirdi va qo‘shimcha 2,1 million britaniyalikga ta’sir ko‘rsatdi.

Bugungi kunda 16 million britaniyalik qashshoqlikda yashaydi. Ularning 5,2 millionini bolalar, 9,2 millionini mehnatga layoqatli yoshdagi kattalar, 1,5 millionini pensionerlar tashkil etadi. Bu mamlakatning har to‘rtinchi aholisi (24%) kambag‘al ekanligini anglatadi.

Inqiroz ayniqsa bolalarga ta’sir qildi. Hisobotga ko‘ra, 2022/23 o‘quv yilida voyaga yetmaganlarning uchdan bir qismi (36%) qashshoqlikda bo‘lgan. Bu 2019/20 o‘quv yiliga nisbatan besh foizga ko‘pdir.

Komissiya qashshoqlikni hozirgi moddiy ehtiyojlarni qondirish uchun resurslarning yetishmasligi sifatida belgilaydi. Qashshoqlikning asosiy ko‘rsatkichi hozirgi vaqtda shaxsning bevosita ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli moddiy resurslarga ega yoki yo‘qligini baholashga qaratilgan.

Qashshoqlik va ochlikka qarshi kurash Braziliyada ochilgan “Katta yigirmatalik” G20 sammitining muhim masalalaridan biridir.

Kiritildi: 18:32 19.11.2024. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!