Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Britaniyalik sobiq elchi: "Isroil AQShga nisbatan provakasiya qilishi mumkin"

Britaniyalik sobiq elchi: "Isroil AQShga nisbatan provakasiya qilishi mumkin"

Isroil AQShni Eron bilan urushiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy aralashuvga undash uchun provokasiyaga qo‘l urishi mumkin. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Suriyadagi sobiq elchisi Piter Ford Yaqin Sharqdagi mojaro tomonlari o‘rtasida zarbalar almashishi oqibatlarini sharhlar ekan, aytib o‘tdi.

"Tez orada biz Isroil tomonidan AQShni aralashuvga majburlash uchun uyushtirilgan provakasiyani ko‘rishimizdan qo‘rqaman" - dedi diplomat.

Shu bilan birga, u Vashingtonning "chetga chekinib, Isroilga o‘z xatosi uchun tovon to‘lashi" maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidladi. Ford prezident Donald Tramp shunday yo‘nalishga moyil ekanligini tan oldi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan tajriba Tramp Isroil va uning lobbichilari bosimiga uzoq vaqt qarshilik ko‘rsata oladi, degan fikrga asos bermaydi.

Kiritildi: 10:50 17.06.2025. O'qildi: 744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!