Britaniyalik tadqiqotchilar tish emalini qayta tiklay oladigan yangi preparat – gelni ishlab chiqishdi. Bu haqda Nature Communications jurnalida chop etilgan maqolada ma’lum qilinadi.
Yangi gel tish sirtidagi yoriqlarni to‘ldiradi va emal kristallarining o‘sishini rag‘batlantiradi. Natijada yangi himoya qatlami tabiiy to‘qimalarga singib ketadi. Olimlarning aytishicha, gel tishda hatto uni yuvgandan keyin ham bir necha hafta saqlanib turadi.
Mutaxassislar bu texnologiyani tish kasalliklarining oldini olish va kariyesning dastlabki bosqichlarini davolash imkonini beruvchi haqiqiy inqilob deb baholashmoqda.
Bu boradagi ilmiy sinovlar insonlarda 2026 yil boshida boshlanishi rejalashtirilgan. Ilk mahsulot esa 2026 yil oxirida bozorga chiqishi kutilmoqda.