Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Britaniyalik bog‘bon jahon rekordini o‘rnatdi

Britaniyalik bog‘bon jahon rekordini o‘rnatdi

Buyuk Britaniyada gigant meva-sabzavot yetishtirish bo‘yicha chempion sifatida tan olingan Kevin Fortey rekord o‘rnatdi va jahon miqyosidagi yana ikkita yutuqni qo‘lga kiritdi.

Uelsning Kumbran shahrida yashovchi 46 yoshli fuqaro yaqinda dunyodagi eng baland 6,5 metrli bodring o‘simligini yetishtirib, odamlarni hayratda qoldirdi. Bundan tashqari, u uzunligi 40 santimetr bo‘lgan dunyodagi eng uzun qovoqchani o‘stirdi va rekord o‘rnatdi.

Kevin Forteyning gigant sabzavotlar yetishtirishga bo‘lgan ishtiyoqi otasi Mayk Forteydan ilhomlangan. Ilgari u pomidor, qovun va kungaboqar kabi ekzotik o‘simliklari bilan mashhur bo‘lgan. U 1980 yillarda gigant sabzavot chempionatiga ham asos solgan. Bu voqea endi global voqeaga aylanib boryapti.

Kevin Forteyning yutuqlari bog‘bonlarning yangi avlodini sabzavot olamini o‘rganishga ilhomlantiryapti.

Kiritildi: 21:01 10.10.2024. O'qildi: 1276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!