Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Britaniyada yangi hukumat soliqlarni kamaytirishni boshladi

Britaniyada yangi hukumat soliqlarni kamaytirishni boshladi

Liz Trass hukumati iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun qirollikda soliqlarni kamaytirishni e’lon qildi, dedi moliya vaziri Kvazi Kvarteng.

"Bugun biz yangi davrga yangicha yondashuvni belgilab beruvchi iqtisodiy rivojlanish rejamizni e’lon qilmoqdamiz, u uchta asosiy ustuvor yo‘nalishga asoslanadi", — deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda manba.

Kvartengning ta’kidlashicha, ustuvorliklar qatoriga ta’minot iqtisodiyotini isloh qilish, davlat moliyasiga mas’uliyat bilan yondashish va soliqlarni kamaytirish kiradi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, e’lon qilingan chora-tadbirlar yillik inflyasiyani besh foiz punktga pasaytiradi. Shu munosabat bilan Angliya banki inflyasiya prognozini 3 foizga pasaytirdi.

Kiritildi: 21:29 24.09.2022. O'qildi: 2074 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!