Buyuk Britaniya rasmiylari inflyasiya fonida chakana savdo tarmoqlariga oziq-ovqat mahsulotlari uchun ixtiyoriy ravishda eng yuqori narx chegarasini joriy etishni taklif qilmoqda.
Bu haqda Financial Times gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
«Buyuk Britaniya Moliya vazirligi yirik supermarketlarni ayrim qoidalarni bekor qilish evaziga asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga ixtiyoriy ravishda cheklangan narxlarni belgilashga undamoqda», — deb yozadi nashr.
Xabarda aniqlik kiritilishicha, gap birinchi darajali hayotiy zarur mahsulotlar, jumladan, tuxum, non va sut narxlari haqida bormoqda.