"Real"ning bo‘lajak bosh murabbiyi Joze Mourinyu allaqachon tarkibni mustahkamlash masalasini faol muhokama qilmoqda. Portugaliyalik mutaxassis "qaymoqlilar" uchun birinchi transferini tanladi. Bu haqda "AS" nashri ma’lum qildi.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, Mourinyu Madridga kelgach, himoyani mustahkamlashga e’tibor qaratmoqchi. Joze o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan birinchi yangi futbolchi "Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardioldir.
Himoyachining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 70 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi joriy mavsum "shaharliklar" safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.