Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Britaniyada og‘irligi 2,4 tonna kokain partiyasi musodara qilindi

Britaniyada og‘irligi 2,4 tonna kokain partiyasi musodara qilindi

Buyuk Britaniyada hozirgacha aniqlangan eng yirik kokain partiyalaridan biri musodara qilindi — giyohvand moddalarning qiymati qariyb 100 million funt sterlingga baholanmoqda, deb yozadi SkyNews.

Og‘irligi 2,4 tonnaga yetadigan kontrabanda yuki Temza daryosidagi portga Panamadan kelgan kemadan topilgan, ular konteynerlar ostiga yashirilgan bo‘lgan.

Qayd etilishicha, huquq-tartibot organlari rejalashtirilgan yetkazib berishni oldindan aniqlagan va yuk mamlakat hududiga kelgan zahoti uni qo‘lga olgan. Musodara qilingan giyohvand moddalar 96 million funt sterlingga baholanmoqda.

Bundan tashqari, Duvr portida 170 kilogramm ketamin, 4 mingta ekstazi tabletkalari va yigirmaga yaqin o‘qotar qurollar ham aniqlangan.

Kiritildi: 21:47 29.06.2025. O'qildi: 366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!