Buyuk Britaniyaning Barrou-in-Furness shahridagi atom suv osti kemalari qurilgan BAE Systems zavodida yong‘in chiqdi.
Qayd etilishicha, ikki kishi shifoxonaga yetkazilgan.
Mirror nashrining yozishicha, shaharda yadroviy xavf yo‘q, biroq o‘t o‘chiruvchilar mahalliy aholini uyda qolishga, favqulodda xizmatlar voqea oqibatlarini bartaraf etayotgan vaqtda deraza va eshiklarni yopiq saqlashga chaqirgan.