Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Britaniya yonmoqda: Mamlakatdagi yirik tartibsizliklarning asl sababi nima?

A A A
Britaniya yonmoqda: Mamlakatdagi yirik tartibsizliklarning asl sababi nima?

Ochiqlanishicha, bolalarning pichoqlanishida musulmon aybdor degan yolg‘on ma’lumot tarqatilgan va mamlakat bo‘ylab nafrat urug‘i sochilgan.

Bir hafta oldin Liverpul yaqinidagi Sautportda bolalar raqs klubida uch qizning o‘ldirilishi ortidan boshlangan tartibsizliklar Britaniyaning boshqa shaharlariga ham tarqalib, mamlakatni hayratda qoldirmoqda.

Dastlab ishtirokchilar soni kam bo‘lishiga qaramay, o‘tgan hafta oxirida to‘qnashuvlar geografiyasi keskin kengaydi.

Oxirgi besh kun ichida mamlakatning turli hududlarida – Angliyaning Liverpul, Bristol, Manchester va boshqa shaharlaridan Shimoliy Irlandiyaning Belfastgacha bo‘lgan shaharlarida bir guruh odamlar muhojirlar uchun yotoqxonalarni yo‘q qilishga, masjidlarga o‘t qo‘yishga, polisiyaga g‘isht va shishalar uloqtirishga urinishgan.

Yakshanba kuni Yorkshir garafligining Roterxem shahrida 500 kishilik olomon 100 dan ortiq muhojir vaqtinchalik joylashtirilgan mehmonxonani qurshab oldi. Polisiya vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotdi, yig‘ilganlar mehmonxonaga tosh va molotov kokteyli otishni boshladi.

Boshqa shaharlarda tartibsizliklar millatchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar, kafelarga bostirib kirish va do‘konlardan o‘g‘irliklar bilan kechgan. Liverpulda tartibsizliklar oqibatida kutubxona yonib ketdi. O‘nlab polisiyachilar yaralangan. Dushanba oqshomiga kelib, 400 ga yaqin odam hibsga olindi.

Ushbu noroziliklarni Sautportda bolalarni pichoqlagan yigitning ismi Ali Al-Shakati va u muhojir va musulmon ekanligi haqidagi yolg‘on ma’lumotlar sabab bo‘lgan. Aslida esa, gumonlanuvchi Britaniyada tug‘ilgan 17 yoshli Aksel Muganva Rudakubana bo‘lib, uning ota-onasi Ruandadan kelgan. Oila nasroniylikni qabul qilgan va polisiya jinoyatning mumkin bo‘lgan sababini hali aniqlamagan, ammo terrorizmni oldindan chiqarib tashlagan.

Jinoyatchining ismini oshkor qilishga vaqt kerak bo‘lgan, chunki o‘smirlar qonun bilan himoyalangan. Shu vaqt oralig‘ida ijtimoiy tarmoqlarda musulmon migrant haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilgan.

Kiritildi: 16:20 06.08.2024. O'qildi: 3286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!