The Telegraph nashrining xabar berishicha, Buyuk Britaniyaning olti nafar vaziri bugungi hukumat yig‘ilishida bosh vazir Kir Starmerdan iste’foga chiqishni talab qilmoqchi.
Manbalarga ko‘ra, ichki ishlar vaziri Shabana Mahmud, mudofaa vaziri Jon Xili, energetika xavfsizligi vaziri Ed Miliband, madaniyat vaziri Liza Nandi, tashqi ishlar vaziri Ivett Kuper va sog‘liqni saqlash vaziri Ues Striting Starmer iste’fosi zarurligi bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Nashrning yozishicha, Starmer uni lavozimidan chetlatish urinishlariga qarshi kurashmoqchi.
“Uning iste’foga chiqishi yoki chiqmasligi hozircha ochiq masala”, — dedi manbalardan biri.
Shu bilan birga, moliya vaziri Reychel Rivz, ta’lim vaziri Bridjit Filipson, mehnat vaziri Pet Makfadden va Yevropa Ittifoqi bilan aloqalar bo‘yicha vazir Nik Tomas-Simonds Starmerni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Ularning fikricha, hozir yetakchilik uchun kurash boshlash “moliyaviy bozorlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin”.