Britaniya Saudiya Arabistonida AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha Ukrainaga maslahat bermoqda.
Britaniyaning The Times gazetasining ta’kidlashicha, bu Ukraina va Amerika tomonlari o‘rtasida yangi janjalga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshirilmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jonatan Pauell dam olish kunlari Vladimir Zelenskiyga tegishli ko‘rsatmalar berish uchun Ukrainaga yo‘l olgan. Maqolada aytilishicha, u Zelenskiyga amerikaliklarga "Amerika so‘rovlariga javob berayotganini" tushuntirishni tavsiya qilgan. Pauellning fikricha, bu AQSh prezidenti Donald Trampda "Rossiya tinchlik yo‘lidagi asosiy to‘siq" degan taassurot uyg‘otishi kerak.