Marko Rubioning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina va Qo‘shma Shtatlar Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida "ijobiy qadam" tashladilar. Davlat departamenti rahbari endi Rossiyaning roziligiga umid qilayotganini qo‘shimcha qildi.
Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolsning fikricha, Ukraina AQSh prezidentining jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha qat’iy harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Avvalroq, Zelenskiy kechki murojaatida Ukraina AQShning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qilgani, endi Vashington Rossiyani bunga ishontirishi kerakligi haqida xabar bergan edik.