Bugun 16 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Britaniya qiroli Karl III Zelenskiyni Bukingem saroyida qabul qildi

Britaniya qiroli Karl III Zelenskiyni Bukingem saroyida qabul qildi

Buyuk Britaniya qiroli Karl III Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni Londondagi Bukingem saroyida qabul qildi. Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qirol va Ukraina rahbari o‘rtasidagi uchrashuv 25 daqiqa davom etgan.

Monarx bilan muloqotdan so‘ng Zelenskiy Dauning-stritga yo‘l olib, Buyuk Britaniya bosh vaziri Endi Byornem bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, Ukraina prezidentining Londonga tashrifi Kiyev va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytga to‘g‘ri kelgan.

Bunga AQSh prezidenti Donald Trampning Vladimir Zelenskiyga nisbatan bildirgan tanqidiy fikrlari sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 23:35 14.10.2026. O'qildi: 413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!