Rossiya bilan mojaro paytida Ukraina harbiylarining qarshilik ko‘rsatishi NATO kuchlarini modernizasiya qilish uchun vaqt beradi. Bu haqda Britaniya armiyasi bosh shtabi boshlig‘i, general Patrik Sanders ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Ukrainadagi mojaroning yakuniy natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, "Rossiya tahdidi saqlanib qoladi".
"Siz hech qachon Moskvani hisobdan chiqarmasligingiz kerak", dedi Sanders, deya ta’kidladi TASS.