Buyuk Britaniya hukumati falastinliklarga yordam berish uchun 101 million funt sterling ajratadi.
Bu haqda Qirollik Tashqi ishlar vazirligi Falastin bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad Mustafoning Londonga tashrifi munosabati bilan bergan bayonotida aytilgan.
Uning Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Londonning Falastin davlatchiligini mustahkamlash va “ikki xalq uchun ikki davlat” rejasini amalga oshirishga sodiqligi qayd etilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatda G‘azo sektorini Falastin milliy ma’muriyati (PNA) nazoratiga qaytarish zarurligi ham ta’kidlangan.
“Bundan tashqari, Buyuk Britaniya bosib olingan Falastin hududlariga yordam paketini e’lon qilmoqda, bu paket maqsadli gumanitar yordam ko‘rsatish, Falastinning iqtisodiy rivojlanishi, islohoti va boshqaruvini qo‘llab-quvvatlash uchun 101 million funt sterlingni o‘z ichiga olishi kutilmoqda”, — deyiladi TIV e’lon qilgan hujjatda.
Shuningdek, “Birlashgan Qirollik va Falastin ma’muriyati arab va Falastin tashabbuslari asosida G‘azoning kelajagiga muvofiqlashtirilgan yondashuv bo‘yicha kelishib olgani” qayd etilgan.