U BBC bilan suhbatda Britaniya avval YEIning yagona bozori va Bojxona ittifoqiga qo‘shilishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, mamlakat YEI bilan munosabatlarda bundan ham yaqinroq hamkorlik qilishi mumkinligini bildirdi.
Byornem turli variantlarni o‘rganish, ularning amalga oshirish imkoniyatlari, afzallik va kamchiliklarini baholash zarurligini ta’kidladi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Britaniyaning YEIga qaytish ehtimoliga ijobiy munosabat bildirib, «Xush kelibsiz!» dedi. Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches ham Londonning YEIga qayta yaqinlashishiga ochiq ekanini bildirdi.
Iyun oyida Survation o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, agar bugun referendum o‘tkazilsa, respondentlarning 55 foizi Britaniyaning YEIga qaytishi uchun ovoz bergan bo‘lar edi. 2016 yilgi referendumda esa 51,9 foiz saylovchi YEIdan chiqishni qo‘llab-quvvatlagan.
Ayni paytda Britaniyaning YEIga qayta a’zo bo‘lishi bo‘yicha rasmiy qaror qabul qilinmagan.