Yaqin Sharqdagi nizo sababli Buyuk Britaniya dori-darmon tanqisligiga duch kelishi mumkin, deb yozadi Guardian nashri.
«Ekspertlarning fikriga ko‘ra, agar Erondagi urush davom etsa, Britaniya og‘riq qoldiruvchi vositalardan tortib saratonni davolash uchun mo‘ljallangan preparatlargacha bo‘lgan dorilar defisitidan "bir necha hafta" masofada qoladi», — deyiladi materialda.
Bundan tashqari, mutaxassislar dori-darmonlar narxi oshishini bashorat qilishmoqda.
Maqolada qayd etilishicha, nizo allaqachon ko‘plab xomashyo turlarini yetkazib berishni izdan chiqargan, kelajakda esa tibbiy maqsaddagi tovarlar ham xavf ostida qolishi mumkin.
Xususan, Ormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat sababli dori-darmonlarni yetkazib berish yanada murakkablashgan.