Tailand Konstitusiyaviy sudi to‘qqiz nafardan besh nafari bosh vazir Setta Txavisinni qo‘pol axloqiy qoidabuzarliklarda ayblab, lavozimidan chetlatish uchun ovoz berdi.
Eslatib o‘tamiz, Txavisin BRIKSga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Ariza ko‘rib chiqilishi 2024 yil oktabr oyida Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida yakunlanishi mumkin.
Hukumatning yangi rahbari yaqin kunlarda parlament tomonidan tasdiqlanadi.
Avvalroq, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida yaqinda axloq qoidalari buzilgani uchun sentyabr oyida Liberal-demokratik partiya rahbari lavozimiga nomzodini qo‘ymasligini aytgan edi.