Bugun 18 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

BRICS Pay to‘lov tizimi yil oxirigacha ishga tushadi

BRICS Pay to‘lov tizimi yil oxirigacha ishga tushadi

"BRICS Pay to‘lov tizimi Rossiyada yil oxirigacha ishga tushadi. Uning yordamida xorijlik mehmonlar naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi", dedi moliyaviy xizmatlar bo‘yicha Rossiyaning BRIKSdagi vakili Andrey Mixaylishin.

Mixaylishin aytishiga ko‘ra, chet elliklar o‘zlarining Visa va Mastercardlarini BRICS Pay to‘lov tizimiga ulab, Rossiyada QR kod orqali naqdsiz to‘lovlar amalga oshirishi mumkin.

Shuningdek, rossiyaliklar ham 2025 yildan boshlab o‘zlarining MIR kartalarini BRICS Pay to‘lov tizimiga ulab xorijda naqdsiz to‘lovlar amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Gap birinchi navbatda Turkiya, Misr va Maldiv orollari haqida ketmoqda.

BRICS Pay ilovasi tez orada AppStore va Google Play do‘konlarida paydo bo‘lishi kerak, dedi Rossiya vakili.

Moskvada 17–18 oktyabr kunlari BRIKS Ishbilarmonlar kengashi ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Kiritildi: 22:20 17.10.2024. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!