Aktyor Jim Jeffrisning «Comedy Central» kanalidagi shousida ishtirok etib, o‘zining boshlovchilik iqtidorini ham namoyish etdi.
Bred Pittning ob-havo bashoratlari biroz pessimistik bo‘ldi. U o‘z efirini quyidagi hazil bilan boshladi: «Men Lebron Jeyms (basketbolchi) yoniga narvon bilan zo‘rg‘a chiqib borgandim, u mendan: «Pastda ob-havo qalay?» deb so‘radi. Chunki uning bo‘yi juda baland. Men unga javob qildim: «Sendan tepada qanday bo‘lsa, shunday — katta tezlikda o‘zgarib bormoqda. Tezlik kattaligidan seni unutib ham yuboryapmiz».
Shundan so‘ng Jeffris Pittdan o-havo haqida so‘radi, aktyor esa g‘arb, janub va sharqda kunlar quyoshli bo‘lishi, shimolda esa muzliklar katta tezlikda erib borayotgani haqida so‘zladi.
Manba: vesti.ru