Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Breaking News! Ravshan Ermatov O‘FAda Umid Ahmadjonovning o‘rnini egallaydi

Breaking News! Ravshan Ermatov O‘FAda Umid Ahmadjonovning o‘rnini egallaydi

FIFA referisi Ravshan Ermatov O‘FA birinchi vise-prezidenti lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda GoSport.uz xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tez orada O‘FA ijroqo‘mining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va unda Ravshan Ermatov nomzodi ko‘rsatilishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘FA prezidenti Ochilboy Ramatov sanaladi. Ammo Ramatov hukumatda va Transport vaziri sifatida ham ish olib borishi sababli odatda o‘zbek futboliga O‘FAda birinchi vise-prezidenti javob beradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘FA birinchi vise-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov iste’foga chiqarildi. O‘FA rasmiy saytiga ko‘ra, Ahmadjonovning o‘zi ariza yozgan.

Kiritildi: 14:31 13.06.2019. O'qildi: 2364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!