Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Braziliyaliklarning 50%dan ortig‘i Rossiya vaksinasi bilan emlanishga tayyorligini ma’lum qildi

Braziliyaliklarning 50%dan ortig‘i Rossiya vaksinasi bilan emlanishga tayyorligini ma’lum qildi

Braziliyaliklarning 53 foizi Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksina bilan koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanishga tayyor.

Bu haqda “Realtime Big Data Institute”  so‘roviga asoslanib “CNN Brasil” xabar berdi.

Qayd etilishicha, braziliyaliklarning 38 foizi Rossiya vaksinasiga ishonch bildirmagan, 9 foizi esa javob berishga qiynalgan.

Tadqiqot 13-14 oktyabr kunlari o‘tkazilgan, unda 1000 kishi ishtirok etgan.

Ma’lum qilinishicha, so‘rovnomada vaksinalarning nomlari emas, balki ishlab chiqarilgan mamlakat ko‘rsatilgan.

Shuningdek, respondentlarning 68 foizi Oksford universiteti, Germaniya va AQShda yaratilgan vaksina bilan emlanishga tayyorligini bildirgan.

48% ishtirokchilar Xitoy dorisiga ishonch bildirgan bo‘lsa, 46% aholi vaksinadan butunlay voz kechishini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 22:23 17.10.2020. O'qildi: 1420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!