"San-Paulu" klubi yarim himoyachisi Oskar professional faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda, deb xabar beradi Globo Esporte. 34 yoshli braziliyalik hozirda yuragi bilan bog‘liq muammo tufayli tekshiruvdan o‘tmoqda.
Oskar seshanba kuni ertalab klub mashg‘ulot markazidagi velotrenajerda oraliq test paytida o‘zini yomon his qildi. U tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgan.
Manbaga ko‘ra, futbolchi "San-Paulu" bilan shartnomani bekor qilib, faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda. Oskar bir necha oydan beri yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli shifokorlar nazoratida. Avgust oyida o‘yinda olgan jarohati tufayli u tekshiruvdan o‘tdi, o‘shanda patologiya aniqlandi, ammo futbolchi o‘ynashga ruxsat oldi.
Bu mavsumda Oskar barcha turnirlarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U bungacha "Shanxay SIPG", "Chelsi" va "Internasyonal" klublarida ham to‘p tepgan.