"Tottenxem" hujumchisi Risharlison faoliyatini "Trabzonspor"da davom ettirishga rozi bo‘ldi.
Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya klubi 29 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Yangi klubida Risharlison "Tottenxem"dagi maoshidan uch baravar ko‘p haq olishi kutilmoqda.
Biroq klublar o‘rtasida hozircha yakuniy kelishuv yo‘q.
"Tottenxem" avvalroq "Trabzonspor"ning Risharlison uchun 15 million va 20 million funtlik ikki taklifini rad etgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, turk klubi muzokaralarni to‘xtatish niyatida emas va yaqin vaqt ichida yaxshilangan taklif bilan chiqishga tayyorlanmoqda.
Risharlison 2022 yildan beri "Tottenxem" sharafini himoya qilib keladi. U London klubiga "Everton"dan ko‘chib o‘tgan edi.
Braziliyalik hujumchining "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.