Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Braziliyada yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi, qurbonlar bor

Braziliyada yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi, qurbonlar bor

Braziliya hukumati mamlakat shimoli-sharqida yo‘lovchi avtobusi halokatga uchragani, oqibatda kamida 17 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi, deb yozadi Anewzga .

Hodisa Pernambuku shtatining Saloada yuz berdi. Avtobusda 30 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Avtobus qo‘shni Baiya shtatining Brumadu shahriga ketayotganida qum uyumiga urilib, ag‘darilib ketgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi bo‘lakka chiqib ketgan. Avtobus yo‘l chetidagi toshlarga borib urilgan, so‘ng o‘z bo‘lagiga qaytgan va qum uyumiga borib, ag‘darilib ketgan.

Hodisa sabablari rasmiylar tomonidan aniqlanmoqda.

Kiritildi: 22:52 19.10.2025. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!