Bugun 10 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Braziliyada X ijtimoiy tarmog‘i blokdan chiqarildi

Braziliyada X ijtimoiy tarmog‘i blokdan chiqarildi

Ilon Maskga tegishli bo‘lgan X ijtimoiy tarmog‘i (sobiq Twitter) yana Braziliya aholisi uchun mavjud, deya xabar beradi BBC News.

Seshanba kuni Braziliya Oliy sudi sudyasi Ilon Maskning X ijtimoiy tarmog‘ining mamlakatda faoliyat yuritishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi va yaqinda Mask sudyaning talabiga ko‘ra ekstremistik akkauntlarni bloklab, jarima to‘lashni boshladi.

Braziliya Oliy sudi sudyasi Aleshandri di Morais X ga qo‘yilgan taqiqning bekor qilinishi darhol kuchga kirishini e’lon qildi va mamlakat telekommunikasiya agentligiga 24 soat ichida barcha braziliyalik foydalanuvchilar uchun sobiq Twitter akkaunti blokdan chiqarilishini ta’minlashni buyurdi.

Avgust oyi oxirida sudya di Morais dezinformasiya tarqatishda ayblangan o‘ng radikallarning akkauntlarini o‘chirishdan va mamlakatda rasmiy vakilni tayinlashdan bosh tortgani uchun sobiq Twitter ga mamlakatda ishlashni taqiqlagan edi.

Ilon Mask, sudya di Morais bilan ziddiyat paytida uni diktator deb atadi va so‘z erkinligiga hujum deb hisoblab, uning talablarini bajarishdan qat’iy bosh tortdi, ammo yaqinda u orqaga qaytdi: X tarmog‘i di Morais talab qilgan akkauntlarni bloklashni boshladi va Braziliyaga vakil tayinladi hamda o‘ziga berilgan millionlab jarimalarni to‘ladi.

Avvalroq Braziliya sudi Ilon Maskning X ijtimoiy tarmog‘ini (sobiq Twitter) salkam 1 million dollar jarimaga tortgan edi.

Kiritildi: 22:50 09.10.2024. O'qildi: 217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!