Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Braziliyada qancha odam koronavirusdan o‘lgani aytildi

Braziliyada qancha odam koronavirusdan o‘lgani aytildi

Braziliyada koronavirusdan vafot etganlar soni 57 kishiga etdi, 2433 kishi koronavirusga chalingan, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi chorshanba kuni.

"Jami 2433 holat va 57 ta o‘lim tasdiqlandi, o‘lim darajasi 2,4% ni tashkil etdi", dedi vazirlik kotibi Vanderson de Oliveyra matbuot anjumani paytida.

So‘nggi bir necha soat ichida birinchi o‘limlar asosan Braziliyaning janubi-sharqiy hududidan tashqarida qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Luis Enrike Mandetta, infeksiyaning tarqalishi bo‘yicha statistika ushbu oy kutgan natijalariga mos kelishiga ishontirdi, ammo 100 million kishi istiqomat qiladigan janubi-sharqdagi vaziyat "jiddiy tashvishga solmoqda".

 

Kiritildi: 02:01 26.03.2020. O'qildi: 2477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!