Guaiba (Rio Grande-du-Sul) munisipalitetidagi Ozodlik haykali nusxasi kuchli shamol tufayli qulab tushdi.
Bu haqda G1 portali xabar bermoqda.
Voqeadan olingan videotasvirlarda Ozodlik haykali nusxasi kuchli bo‘ron tufayli uning poydevoridan qulab tusha boshlaganini ko‘rish mumkin. Portalning qayd etishicha, mintaqada shamol tezligi 25 m/s dan oshishi haqida ogohlantirish berilgan.
G1 ma’lumotlariga ko‘ra, haykal, uning poydevori bilan birga balandligi 35 metrni tashkil etgan, qulagan qismi esa 24 metrga etgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, voqea joyidagi hudud o‘rab olingan.