Braziliyaning shimoli-sharqida ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobus ishtirokidagi jiddiy yo‘l-transport hodisasida kamida 15 kishi halok bo‘ldi va o‘nlab odamlar jarohat oldi.
Braziliya ommaviy axborot vositalari bu voqea haqida xabar berishdi.
Avtobusda taxminan 60 yo‘lovchi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u avtomagistralda ag‘darilib ketgan va avtohalokatning aniq sababi o‘rganilmoqda.
Halok bo‘lganlar orasida besh erkak, yetti ayol va uch bola bor edi. Yaradorlar mahalliy kasalxonalarga olib ketildi va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Alagoas shtati rasmiylari uch kunlik motam e’lon qilishdi.